Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamoa aktsiyalarini sotmoqchi, deya xabar bermoqda Cadena SER nashri.

Manbaga ko'ra, Peres klubni 10 mlrd evroga baholamoqda va uning 5-10 foiz aktsiyasini sotib, 500 - 1 mlrd evro foyda olmoqchi.

Hozirda "qirollik klubi" La Ligada 2-o'rindagi "Barselona"dan 3 ochko ko'p to'plagan holda peshqadam bo'lib turibdi.