Florentino Peres qayta saylanganidan keyin bayonot berdi

Madridning «Real» klubi prezidenti saylovida g'alaba qozongan 79 yoshli funktsioner Florentino Peres muxlislar va jamoaga murojaat qildi.
«Biz g'alaba qozondik. Men bu erdaman, “Real Madrid" manfaatlarini himoya qilish uchun. Biz — bir oilamiz. Biz birgalikda sovrinlar yutishda davom etamiz. Chempionlar ligasidagi 16-sovrin uchun kurash bugundan boshlanadi», — dedi Peres.
Uning so'zlarini jurnalist va insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida keltirgan.
Eslatib o'tamiz, Peres saylovda ispaniyalik tadbirkor Enrike Rikelmeni ortda qoldirib, «Real» prezidenti lavozimiga qayta saylandi. U klubni 2030 yilgacha boshqaradi va bu uning mazkur vazifadagi ketma-ket sakkizinchi muddati bo'ladi.
Yakunlangan Ispaniya chempionati mavsumida «Real» ikkinchi o'rinni egalladi va mavsumni sovrinsiz tugatdi.