Florentino Peres «Negreyra ishi» bo'yicha va'da berdi: «Men buni oxirigacha etkazaman»

«Real» prezidenti Florentino Peres «Negreyra ishi» yuzasidan o'z munosabatini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» va uning rahbariyati Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) huzuridagi Hakamlar texnik qo'mitasining (CTA) sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga pora berganlikda ayblanmoqda.
«Men buni oxirigacha etkazaman. Kimki meni bularni unutdi deb o'ylasa, qattiq adashadi. Men masalani oxirigacha hal qilaman.
Men Chempionlar ligasi finalida bo'laman, chunki meni UEFA prezidenti [Aleksander Cheferin] taklif qilgan. Saylov kampaniyasi yakunlangach, men unga uch yil davomida ustida ishlagan hujjatlar yig'masini taqdim etaman. U tarixdagi eng yirik korruptsiya ishi bilan tanishib chiqishi kerak. «Real»ning omadi borki, men unga rahbarlik qilyapman, bu borada hech qanday shubhangiz bo'lmasin», — dedi Peres «TVE» efirida.