Madridning «Real» klubi prezidenti saylovida g'alaba qozongan 79 yoshli funktsioner Florentino Peres portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinoning bosh murabbiy sifatida jamoaga qaytishini ma'lum qildi.

«Biz dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri, haqiqiy madridist — Joze Mourinoni yana qarshi olish imkoniyatidan faxrlanamiz», — dedi Peres.

Uning so'zlarini jurnalist va insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida keltirgan.

Eslatib o'tamiz, Peres saylovda ispaniyalik tadbirkor Enrike Rikelmeni ortda qoldirib, «Real» prezidenti lavozimiga qayta saylandi. U klubni 2030 yilgacha boshqaradi va bu uning mazkur vazifadagi ketma-ket sakkizinchi muddati bo'ladi.

Joze Mourino avval ham 2010–2013 yillarda «Real»ni boshqargan. Uning qo'l ostida madridliklar Ispaniya chempionati, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritgan.

O'tgan mavsum yakuniga ko'ra, «qaymoqranglilar» birorta ham sovrin qo'lga kirita olmagan edi.

Manba: championat.com