Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres Joze Mourinoning klubga qaytishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Ko'pchilik Peres bo'lajak saylovlarda g'alaba qozonsa, portugaliyalik mutaxassisni jamoaga bosh murabbiy etib tayinlashiga ishonmoqda.

«Yaxshi murabbiy jamoamizni ishlashga majbur qiladi, chunki bizda dunyodagi eng yaxshi futbolchilar bor. Mourinomi? U juda yaxshi murabbiy», – deya Peresning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

Joze Mourinoning «Benfika» bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi, biroq uning Lissabon klubida qolishi haqiqatga yaqin emas. «Real» prezidenti saylovlari 7 iyun kuni bo'lib o'tadi. Peresning bu saylovdagi yagona raqibi – Enrike Rikelme.