«Real» prezidenti Florentino Peres «Negreyra ishi» va «Barselona» haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Futbol tarixida bundan jiddiyroq narsani ko'rmaganman. Tizimli korruptsiya. Barchasi oydinlashmaguncha to'xtamayman», — dedi Peres El Pais nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, «Barselona» va uning rahbariyatiga Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) qoshidagi hakamlar texnik qo'mitasining (CTA) sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga to'lovlar amalga oshirilgani yuzasidan pora berish ayblovi qo'yilgan edi.