"Vilyarreal" bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral Ispaniya chempionatida noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi, deya xabar bermoqda La Liga matbuot xizmati.

Ovoz berish natijalariga ko'ra, 60 yoshli ispaniyalik mutaxassis "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone va "Barselona" ustozi Xans-Diter Flikni ortda qoldirdi.

"Vilyarreal" 2025 yilning noyabrida "Rayo Valekano" (4:0), "Espanol" (2:0), "Malorka" (2:1) va "Real Sosedad"ni (3:2) mag'lub etgandi.

"Sariq suvosti kemasi" Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda - u 14 o'yindan keyin 32 ochko jamg'argan.