Flik Yamal haqida: «Men uni doim himoya qilaman»

«Barselona» vingeri Lamin Yamal o'tgan dam olish kunlari La Liga doirasidagi «Atletiko»ga qarshi o'yindan so'ng nimadandir norozi edi. Chempionlar Ligasi o'yini oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida Xans-Diter Flikdan Yamal bilan o'sha vaziyatni muhokama qilgan-qilmagani haqida so'rashdi.
«Bu haqda avval ham aytganman. Lamin 18 yoshda ekanini va u aql bovar qilmaydigan o'yinchi ekanini tushunish kerak. O'yinni qayta ko'rib chiqqaningizda, uning g'ayritabiiy ishlar qilayotganini ko'rasiz. U atigi 18 yoshda. U besh kishini aldab o'tdi va deyarli gol urdi. U maydonni hafsalasi pir bo'lgan holda tark etdi. U hissiyotlarga beriluvchan va bu yaxshi. Men uni doim qo'llab-quvvatlayman. Ehtiyot bo'lish kerak — uning har bir harakati atrofda shov-shuv keltirib chiqaradi. U fantastik futbolchi. Men uni doim himoya qilaman. Men unga shunday qilishi mumkinligini va uni doim himoya qilishimni aytdim. U kelajakda bundan ham yaxshiroq bo'lishi mumkin», — dedi Flik.
Chorshanba, 8 aprel kuni «Barselona» Chempionlar Ligasi doirasida «Atletiko»ni qabul qiladi.