Flik va uning shtabi «Barselona» qarorgohiga qaytmoqda

«Barselona» bosh murabbiyi Hansi Flik hamda uning murabbiylar shtabi a'zolari tez orada ta'tildan qaytadi. Bu haqda insayder Jerar Romero (Jijantes) xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, germaniyalik mutaxassis va uning yordamchilari 1 iyul kuni klubning Siutat Esportiva qarorgohiga tashrif buyurishadi.
Ular ushbu uchrashuvda jamoaning yangi mavsum uchun rejalarini batafsil tuzib chiqishni maqsad qilgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar