"Barselona" ketma-ket asosiy futbolchilarini jarohat sabab yo'qotmoqda.

Insayder Jerar Romero xabariga ko'ra, kataloniyaliklarning bugungi mashg'ulotlarida darvozabon Joan Garsiya jarohat olgan. U "Real Sosedad" va "PSJ"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuborishi aniq.

24 yoshli ispaniyalik golkiperning jarohati haqida boshqa ma'lumotlar yo'q.

Garsiya bu mavsumda 7 ta o'yinda 5 ta gol o'tkazib yubordi va 3 bor darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.