Flik tez orada Arauxoni "Barselona" asosiy tarkibiga qaytarishi mumkin

"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo uzoq tanaffusdan so'ng hamon o'zini tiklashda davom etmoqda.
Urugvaylik futbolchi noyabr oyining oxiridan yanvar oyining boshigacha maydonga tushmadi - klub unga psixologik muammolar tufayli dam berdi. Sport xabariga ko'ra, bosh murabbiy Xans-Diter Flik Arauxoni asosiy tarkibga qaytarishga tayyor va buning uchun qulay fursatni kutmoqda. Katta ehtimol bilan, 26 yoshli futbolchi uzoq vaqtdan beri ilk bor 3 fevral kuni bo'lib o'tadigan "Albasete"ga qarshi kubok o'yinida ilk daqiqalardan maydonga tushadi.
Ronald Arauxo safga qaytgan kunidan buyon ikki marta zaxiradan maydonga tushishga ulgurdi - "Real" va "Slaviya"ga qarshi bahslarda.