"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik darvozabon Mark-Andre ter Shtegenning istiqbollari haqidagi savolga javob berdi.

Yozda "Barselona" ter Shtegenni sotishga urinib ko'rdi, natijada futbolchi va klub o'rtasida ziddiyat yuzaga keldi. Mark-Andre hatto sardorlik bog'ichidan ham mahrum qilindi. Keyinchalik, futbolchi bel jarohati bilan shifoxonaga yotqizilganidan so'ng, tomonlar yarashishdi.

- Ter Shtegen bo'yicha reja qanday?

- Hozir bu haqda gapirishning mavridi emas. Hozir u hali o'ynashga tayyor emas. Kutish kerak, keyin esa qadam-baqadam harakat qilish kerak," - dedi Flik jurnalistlarga.

Avvalroq, 33 yoshli ter Shtegen qishki transferlar vaqtida "Barselona"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.