Xans-Diter Flik Markus Reshfordning o'yini haqida gapirdi.

"MYu"dan ijaraga olingan hujumchi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 1-turida "Nyukasl"ga qarshi o'yinda (2:1) dubl qayd etdi va "Barselona" tarkibidagi ilk gollarini kiritdi.

— Reshfordning o'yini haqida nima deya olasiz? Uning darajasi qanday?

— Men bu haqda bir necha bor aytganman. U shu ikki gol evaziga o'ziga bo'lgan ishonchni orttirdi. Biz juda shiddatli futbol o'ynaymiz - men undan aynan shuni kutyapman.

Futbolchi yangi klubga o'tganida yangi falsafaga moslashishi kerak, ammo Markus bizga mos vaqtda safimizga keldi. Men uning darajasini ko'ryapman, lekin u ko'p ishlashi va rivojlanishi kerak. Men uni rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlashda davom etaman," - dedi "Barsa" bosh murabbiyi Flik.

Bugun kataloniyaliklar La Liga 5-turida "Xetafe"ni qabul qiladi.