"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik navbatdagi raqibi "Real Sosedad" haqida fikr bildirdi.

"Real Sosedad"ning o'z uslubi bor, ular o'yinni himoyadan qurmoqchi, oldinda esa ajoyib hujumchilari bor. Bizda ham yaxshi o'yinchilar bor. Bu biz uchun qanchalik kuchli ekanligimizni ko'rsatish imkoniyatidir," - dedi Flik matbuot anjumanida.

Ayni vaqtda "Barselona" 16 ochko bilan Ispaniya chempionatida 2-o'rinda bormoqda. "Real Sosedad" 5 ochko bilan 17-pog'onada bormoqda.