"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Rafinyaning ahvoli haqida fikr bildirdi.

Braziliyalik futbolchi jarohati sababli "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda ishtirok etmayapti.

"U qaydnomada emas, chunki u kuchli lat egan. U zo'rg'a yurar edi.

Chorshanba kuni unga tayana olishimizga umid qilamiz," - dedi Flik.

Chorshanba kuni kataloniyaliklar Chempionlar ligasida "Slaviya" jamoasi mehmoni bo'ladi.