"Barselona" vingeri Rafinya "Ovedo"ga qarshi o'yinda (3:1) noqulayliklar sabab zaxiraga olingan edi.

Sport nashri xabariga ko'ra, 28 yoshli braziliyalikda jiddiy jarohat yo'q. U 28 sentyabr kunga "Real Sosedad"ga qarshi o'yinga tayyor bo'ladi, biroq Flik uni "PSJ"ga qarshi o'yinga asrash uchun dam bermoqchi.

1 oktyabr kuni kataloniyaliklar EChL 2-turida parijliklarni qabul qiladi.