"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Rafinya Diasning o'yini haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Braziliyalik futbolchi Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletik Bilbao"ga qarshi o'yinda ikki gol urdi.

O'yin kataloniyaliklarning 5:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

"Men Rafinyadan juda mamnunman. U har doim maydonda benuqson professionallikni namoyish etadi, bor kuchini sarflaydi va barcha jamoadoshlariga o'rnak bo'ladi.

Men uning qaytishidan juda mamnunman", - deya Flikning so'zlarini keltiradi Barca Universal.