Kataloniyaning "Barselona" klubi 21 dekabr kuni La Liga 17-turida safarda "Vilyarreal"ni engdi - 2:0.

Kataloniyaliklar germaniyalik bosh murabbiy Xans-Diter Flik qo'l ostida ilk bor ketma-ket 3 ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. "Osasuna", "Gvadalaxara" va "Vilyarreal" mos ravishda 2:0 hisobida taslim qilindi.

"Ko'k-anorranglilar" navbatdagi o'yinini 3 yanvar kuni "Espanol"ga qarshi safarda o'tkazadi.