Flik qanday qilib «Barselona»ga kelib qolgan? Diario Sport tafsilotlarni e'lon qildi

Diario Sport nashri 2024 yil may oyida Rafa Markes o'rniga Xansi Flikni "Barselona"ga bosh murabbiy sifatida tayinlanishiga oid tafsilotlarni oshkor qildi:
— Deku va Boyan Krkich Flikning agenti Pini Zaxavining Londondagi uyiga kelishgan. Flik uchrashuvga to'liq tayyor holda kelgan va o'zining iPad'ida o'yin falsafasini, tarkib tahlilini va rejalarini taqdim etgan.
— Flik tarkibning salohiyatidan kelib chiqib, jamoa nima sababdan jiddiy sovrinlar uchun kurashmayotganini tushunmayotganini aytgan.
— Flik La Masiya borasida batafsil hisbotni taqdim etib, yosh futbolchilarni asosiy jamoaga jalb qilish yo'llarini belgilagan.
— Flik uchrashuvda Yamal, Pedri va Kubarsi kabi futbolchilarni dunyoning eng yaxshilaridan bo'lishlari uchun salohiyatga ega ekanliklarini bildirgan.
— Deku va Boyanning asosiy xavotiri Flikning ispan tilini bilmasligi bo'lgan, lekin Flik bu muammo bo'lmasligini ta'kidlagan.
- Uchrashuvdan keyin Flik haqida katta hisobot tayyorlangan va Laportaga topshirilgan. Laporta shu zahotiyoq Flikning nomzodini ma'qullagan.
Flik boshqa yaxshiroq takliflarga qaramay, "Barselona"da ishlashni istagan.
60 yoshli nemis murabbiyining "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.