"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Atletiko"ga qarshi o'yinda (3:1) Pedri va Dani Olmo olgan jarohatlari haqida gapirdi.

Ikkala futbolchi ham ikkinchi bo'lim davomida majburiy tarzda almashtirildi. Bu vaqtda Pedri golli uzatmani amalga oshirishga ulgurgan bo'lsa, Olmo gol muallifiga aylangandi.

- Pedri bilan hammasi joyida - u biroz charchagan, xolos. Olmoga kelsak, u elkasidan jarohat oldi. Ko'ramiz," - dedi Flik jurnalistlar bilan suhbatda.

"Ko'k-anorranglilar"ning navbatdagi o'yini shanba kuni bo'lib o'tadi - raqib "Betis".