«Barselona» ustozi Xans-Diter Flik jarohatlangan yarim himoyachilar — Pedri va Gavining holati haqida ma'lumot berdi.

«Mashg'ulotlarda ko'rganlarim meni hayratda qoldirdi. Ehtimol, Pedri fevral oyida maydonga tusha olmas, lekin o'ylaymanki, mart oyiga borib u tayyor bo'ladi. Gavi? U bilan juda ehtiyotkor bo'lishimiz kerak», — dedi Flik jurnalistlarga.

Har ikki futbolchi jarohatdan keyin tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Ushbu mavsumda Pedri barcha turnirlarda 25 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Gavi esa Ispaniya chempionatining joriy mavsumida bor-yo'g'i 2 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta golli pasni amalga oshirdi.