Flik og'ir jarohat olgan Gavi haqida fikr bildirdi

Seshanba kuni "Barselona" Gavi jarohatidan tiklanishi uchun to'rt oydan besh oygacha vaqt ketishini, ya'ni bu yil yarim himoyachi aniq maydonga tushmasligini ma'lum qilgandi. Futbolchi haqida kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik izoh berdi.
"U 21 yoshda va uning oldinda uzoq karerasi bor. Uning qaytishi uchun hamma narsasi bor. U yuqori darajadagi futbolchi. Ikkinchi jarohatdan keyin u juda intizomli bo'lishi kerak. Biz unga yordam beramiz, garchi u qiyin bo'lishini bilsa ham. Ammo Gavi buni uddalay oladi," - dedi Flik matbuot anjumanida.
"Barselona" ayni damda La Liganing "Real Ovedo"ga qarshi safar o'yiniga tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoalar 25 sentyabr, payshanba kuni maydonga tushadi.