"Barselona" ustozi Xans-Diter Flik Ispaniya La Ligasidan o'rin olgan "Real Ovedo"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida chiqish qildi. Germaniyalik murabbiy jamoa himoyachisi Pau Kubarsi haqidagi savolga javob berdi.

- Kubarsining saviyasi pasaygan deb o'ylaysizmi? Yoki uning yoshini hisobga olsak, bu mantiqan to'g'rimi?

- U endigina 19 yoshga to'ldi. Ba'zi vaziyatlarda u har doim ham maksimal darajada o'ynay olmasligi normal holat. Lekin uning salohiyati juda katta. Men uchun u Ispaniyaning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri.