Flik mavsumning qolgan qismi uchun asosiy maqsadni tasdiqladi

Kataloniyaning «Barselona» klubi Madridning «Real» jamoasi ustidan qozonilgan g'alaba bilan chempionlikni naqd qilib bo'ldi. Biroq bu kataloniyaliklar bo'shashadi degani emas, chunki jamoa ustozi Xans-Diter Flik o'z shogirdlari oldiga yangi ambitsiyali vazifani qo'ydi — yuz ochko to'plash. Buning uchun qolgan barcha o'yinlarda g'alaba qozonish talab etiladi.
«Men va futbolchilar yuz ochkolik dovonga etmoqchimiz. Buning uchun oldimizda uchta o'yin bor va ularning barchasida g'alaba qozonishimiz kerak», — deya Flikning so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» o'z tarixida faqat bir marta bu natijani qayd etgan — 2012/2013 yilgi mavsumda marhum Tito Vilanova qo'l ostida jamoa 100 ochko jamg'argan edi.