«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya chempionati doirasidagi «Sevilya»ga qarshi uy uchrashuvi oldidan jurnalistlar bilan muloqot qildi. Germaniyalik mutaxassis vinger Lamin Yamal asosiy tarkibga kiritilmasligi mumkinligiga sha'ma qildi.

— Lamin Yamalga dam berilishi mumkinmi?

— Ko'ramiz.

«Barselona» va «Sevilya» jamoalari yakshanba kuni, 15 mart kuni to'qnash kelishadi. «Kamp Nou» stadionida o'yinning boshlanish hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da yangraydi.