Flik La Ligani Bundesliga bilan solishtirdi

"Barselona" ustozi Xansi Flik La Liga va Bundesliga o'rtasidagi taqqoslov haqida gapirdi.
"La Ligani Bundesliga bilan solishtirmoqchi emasman, lekin bu erda menga yoqqan narsa shuki: Ispaniyada har bir klubning o'ziga xos o'yin uslubi bor. Ular futbolni sevishadi bu juda yoqimli. Keyingi o'yinga tayyorlanish oson emas, har bir raqib boshqacha falsafaga ega", - dedi Flik Marca nashriga.
"Ko'k-anorranglilar" navbatdagi o'yinini 22 noyabr kuni "Atletik Bilbao"ga qarshi o'tkazadi.