"Barselona" Ispaniya chempionatidagi dastlabki ikkala o'yinda ham g'alaba qozondi.

Xansi Flik jamoasi La Liga 2-turida safarda "Levante"ni mag'lub etdi - 3:2. Mavsumning dastlabki o'yinida ular "Malorka"ni mag'lub etgandi (3:0).

"Ko'k-anorranglilar" o'tgan mavsumni ham ikki g'alaba bilan boshlab, yakunda chempionlikni qo'lga kiritgandi.

31 avgust kuni "Barselona" safarda "Rayo Valekano" mehmoni bo'ladi.