"Barselona" 3 fevral tunda Ispaniya kubogi chorak finalida "Albasete" mehmoni bo'ladi.

SPORT nashri xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ushbu bahsda hech qanday rotatsiya amalga oshirmaydi.

U to'liq asosiy tarkib futbolchilariga ishonishni rejalashtirmoqda.

Bugungi o'yin Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi va ZO'R TV orqali jonli namoyish etiladi.