"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Xetafe"ga qarshi bahsda (3:0) hujumkor yarim himoyachi Dani Olmoning o'yinini yuqori baholadi.

"Bizda 25-27 nafar o'yinchi bor - ularning har biri bizga kerak. Men uchun eng muhimi, hamma qo'lidan kelganini qilishi kerak va Olmo bugun shunday qildi.

Biz butun mavsum davomida undan shuni kutamiz", - dedi Flik.