Flik hakamlikdan norozi bo'ldi

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liga doirasida «Malorka»ga qarshi kechgan va 3:0 hisobidagi g'alaba bilan yakunlangan o'yindagi hakamlik borasida o'z fikrini bildirdi.
Maydon egalariga g'alabani uchrashuvning 29, 61 va 83-daqiqalarida Robert Levandovski, Lamin Yamal hamda Mark Bernal tomonidan yo'llangan aniq zarbalar taqdim etdi.
«Hakamda menga sariq kartochka ko'rsatish uchun etarli asoslar bor edi, deb o'ylamayman. Men unga jarima zarbasi vaqtida «Malorka» futbolchilari jonli devorda to'pga juda yaqin turganini aytdim. Shuningdek, Yamalga nisbatan penalti bor edi deb hisoblayman va bu haqda arbitriga gapirdim», – dedi Flik matbuot anjumanida.