"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes ko'pincha transfer mish-mishlarida tilga olinadi. Bu borada kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik izoh berdi.

- Fermin Lopes haqida mish-mishlar? Birorta futbolchini yo'qotishni istamayman, chunki bizga ularning ajoyib fazilatlari kerak. Oldinda uzoq mavsum bor. Menga hammasi kerak," - dedi Flik jurnalistlarga.

23 avgust, shanba kuni "Barselona" Ispaniya chempionatida "Levante" mehmoni bo'ladi.