"Atletik Bilbao"ga qarshi o'yin oldidan jurnalistlar savoliga javob bergan Xansi Flik Pedrining tiklanish jarayoni ijobiy ketayotganini ta'kidladi.

“Biz asta-sekin harakat qilyapmiz va unga hech qanday bosim o'tkazmayapmiz. U yaxshi tuzalmoqda. Vaziyat yaxshi ketmoqda, shundan xursandmiz va u tez orada qaytadi,” — dedi Flik.

22 yoshli xavbekning “Chelsi”ga qarshi o'yinda maydonga tushishi haqidagi savolga esa murabbiy hozircha aniq javob bera olmadi:

“Bu savolga hozircha aniq javobim yo'q.”

Hozirda Pedri individual tiklanish dasturi asosida mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.