Flik eng yaxshisi bo'ldi

Ispaniya La Ligasi oyning eng yaxshi murabbiyini aniqladi. "Barselona" murabbiyi Xans-Diter Flik mart oyining eng yaxshisi deb topildi.
"Barselona" bu oy Ispaniya ligasida uchta o'yin o'tkazdi va "Atletik Bilbao" (1:0), "Sevilya" (5:2) va "Rayo Valekano" (1:0) jamoalarini mag'lub etdi. "Barselona" La Liga turnir jadvalida etakchilik qilmoqda.
Ikkinchi o'rindagi "Real Madrid" kataloniyaliklardan to'rt ochko ortda qolmoqda. Aytgancha, "Barselona" keyingi mavsumda Chempionlar Ligasiga yo'llanma olgan birinchi jamoa bo'ldi.
Kommentariyalar