"Barselona"ning markaziy yarim himoyachisi Frenki de Yong yaqinda Jahon chempionati saralashida Polshaga qarshi o'yinda belidan jarohat oldi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, niderlandiyalik yarim himoyachi Ispaniya chempionatining 4-turida "Valensiya"ga qarshi o'yinda aniq maydonga tushmaydi.

Manba bergan xabarga ko'ra, Kataloniya jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar ligasi doirasida "Nyukasl" bilan 16 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan muhim o'yin oldidan yarim himoya etakchisini ayashga qaror qilgan.