"Barselona" bugun La Liga 20-turida safarda "Real Sosedad" mehmoni bo'ladi.

Ushbu bahsni kataloniyaliklar vingeri Rafinya jarohat sabab o'tkazib yuboradi.

La Vanguardia nashri xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik kechagi mashg'ulotlarda Reshford - Ferran - Yamal uchligini sinab ko'rgan. Katta ehtimol bugun shu uch futbolchi jamoa hujumida harakat qiladi.

Bugungi to'qnashuv Toshkent vaqti bilan 01:00'da start oladi.