"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Atletiko"ga qarshi o'yindan oldin raqibning kuchiga baho berdi.

"Biz La Liga va Evropaning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi o'ynaymiz.

Biz uchun eng muhimi — oxirgi o'yindagi kabi xatolarga yo'l qo'ymaslik. Tanaffusdan keyin jamoamni ko'rganimdan xursandman. O'ylaymanki, bizda etarlicha energiya bor va diqqatni jamlashimiz kerak. Aynan shuni jamoamdan ko'rishni xohlayman", - dedi Flik.

"Atletiko" - "Barselona" uchrashuvi 4 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 23:59'da start oladi.