Flik Bernalga muddatidan avval maydonga qaytishni ta'qiqladi

"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik tayanch yarim himoyachi Mark Bernalga muddatidan oldin maydonga qaytishni ta'qiqladi.
Sport nashri xabariga ko'ra, futbolchi kutilganidan tezroq tuzalayotgan bo'lsa-da, murabbiy u bilan tavakkal qilmoqchi emas.
Flik Bernalga: "Sen menga 15 yilga keraksan, o'rtoqlik o'yinlari uchun emas" degan.
Xansi uning to'liq tuzalishini intizorlik bilan kutmoqda. Katta ehtimol u 9 sentyabr kuni safga qaytadi.