«Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasado yozgi transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Bosh murabbiy Xans-Diter Flik 22 yoshli futbolchining o'yini va fidoyiligidan mamnun, klub rahbariyati ham ispaniyalikning qobiliyatini yuqori baholamoqda. Shunga qaramay, Sport nashri bergan ma'lumotga ko'ra, «Barselona» kelayotgan yozda futbolchi bo'yicha tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Jamoada yarim himoyachilar etarlicha topiladi, shu sababli uning sotib yuborilish ehtimoli ancha yuqori.

Transfermarkt portali Mark Kasadoning narxini 25 mln evroga baholamoqda, uning amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.