Xans-Diter Flik La Liga doirasidagi "Elche"ga qarshi o'yin oldidan "Barselona" tayanch yarim himoyachisi Mark Bernal haqida iliq fikrlar bildirdi.

«Men 100% ishonchim komilki, Mark Bernal — bu klub kelajagi uchun kalit va juda muhim futbolchi.

U hamma ishni juda yaxshi bajarmoqda, uning sifatini baholashimiz mumkin. Buni "Kopengagen"ga qarshi o'yinda ham ko'rdik.

Lekin u yosh futbolchi ekanini va og'ir jarohatdan qaytayotganini ham unutmasligimiz kerak.

Biz unga ehtiyotkorlik bilan yondashishimiz va g'amxo'rlik qilishimiz shart. U hozir 90, 60, 45 yoki 30 daqiqa o'ynaydimi — bu muhim emas. Muhimi, hammasi bosqichma-bosqich bo'lishi kerak», - dedi 60 yoshli nemis mutaxassisi.

18 yoshli Bernal joriy mavsumda jami 15 ta o'yinda 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.