Flik: "Barselona" g'alabaga loyiq emasdi"

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liga 3-turidan o'rin olgan "Rayo Valekano"ga (1:1) qarshi o'yindan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Menimcha, bunday o'yinda durang ham etarli - biz bundan ortig'iga loyiq emasmiz. G'alaba qozonishni xohlagandik, ammo "Rayo"ga tan berish kerak - raqib yaxshi edi. Men jamoamdan noroziman. Bugun yaxshi o'yin ko'rsatmadik. Ikkinchi bo'limda "Rayo"da golli vaziyatlar ko'p bo'ldi, ammo bizda, baxtimizga, ajoyib darvozabon - Joan Garsiya bor," - deya Flikning so'zlarini keltiradi Barca Universal.