Flik «Barselona»dagi ikki asosiy maqsadini ochiqladi

«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik klubdagi kelajagi va jamoaning rivojlanish strategiyasi haqida gapirdi. Nemis mutaxassisi o'z oldiga qo'ygan eng muhim vazifalarini sanab o'tdi.
«Hayotimda ikkita katta maqsad bor: birinchisi — «Barselona» bilan Chempionlar ligasida zafar quchish. Ikkinchisi esa yangi qurilayotgan stadionda jamoa murabbiyi sifatida ishtirok etish. Qachon bo'lishini bilmayman, lekin o'sha stadionda bo'lishni istayman», — dedi Flik.
Shuningdek, murabbiy transfer siyosati haqida to'xtalib, xatolarga yo'l qo'ymaslik lozimligini ta'kidladi:
«Bizda kelajak uchun ajoyib jamoa va katta salohiyatga ega yoshlar bor. Endigi vazifa — transfer bozorida «ahmoqona» ishlar qilmasdan, aniq va mukammal qarorlar qabul qilish. Jamoaning tuzilmasi mustahkam va biz faqat to'g'ri yo'nalishda davom etishimiz kerak».