"Barselona" ustozi Xans-Diter Flik jarohatdagi bir qancha futbolchilar tuzalganini aytdi.

Ertaga, 4 aprel kuni kataloniyaliklar "Atletiko" mehmoni bo'ladi.

"Ijobiy tomoni shundaki, Alexandro Balde va Kunde qaytishdi, bu — yaxshi yangilik. Shuningdek, Erik Garsiya ham qaytdi.

Frenki de Yong masalasida esa kutishimizga to'g'ri keladi. Balki u keyingi haftadan jamoa bilan mashg'ulotlarni boshlar, biroq biz kutishimiz va qadamma-qadam harakat qilishimiz lozim", - dedi Flik.