Londonning "Arsenal" klubi vingeri Gabriel Martinelli faoliyatini Ispaniya grandida davom ettirishi mumkin.

Sport nashri xabariga ko'ra, "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 24 yoshli futbolchini juda yuqori baholaydi. "Ko'k-anorranglilar" yozda ushbu transferga harakat qilib ko'rishi mumkin.

Kataloniyaliklar 45 million evro atrofidagi narx transfer uchun etarli bo'lishini taxmin qilmoqda.

Martinelli bu mavsumda umumiy 33 ta o'yinda 11 ta gol urib, 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.