"Barselona" yakshanba oqshomida La Liga 5-turida "Xetafe"ni qabul qiladi.

Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ushbu o'yinda chap qanot himoyasiga klub tarbiyalanuvchisi, 18 yoshli Jofre Torrentsni asosiy tarkibda maydonga tushirmoqchi.

Nemis mutaxassisi "Nyukasl"ga qarshi EChL o'yinidan (2:1) so'ng bir qator o'yinchilarga dam bermoqchi, shu jumladan Jerar Martinga ham.

"Barselona" - "Xetafe" uchrashuvi 21 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.