“Flamengo” vingeri jarimaga tortildi

Braziliyaning Sport bo'yicha Oliy sudi “Flamengo” vingeri Bruno Anrikega nisbatan qaror chiqardi.
Tekshiruv natijalariga ko'ra, 34 yoshli futbolchi ataylab sariq kartochka olganlikda aybdor deb topildi, deb xabar beradi L’Equipe.
Manbaga ko'ra, futbolchi kelishilgan o'yinlarga aralashgani uchun taxminan 9425 evro miqdorida jarimaga tortilgan va 12 o'yinga diskvalifikatsiya qilingan.
Shuningdek, uni 2 oydan 6 oygacha qamoq jazosi kutmoqda. Braziliya Futbol Konfederatsiyasining kuzatuv tizimi Bruno Anrikening akasi, qayni opasi va amakivachchasi o'yindan bir kun oldin pul tikish saytida akkaunt ochgani va “Santos”ga qarshi o'yinda sariq kartochka olgan “Flamengo” futbolchisiga muvaffaqiyatli pul tikishini aniqladi.