"Flamengo" sport direktori Vinisiusning jamoaga qaytishiga ishonadi

Bugun, 17 dekabr kuni "PSJ" hamda "Flamengo" jamoalari o'rtasida qit'alararo kubok uchrashuvi bo'lib o'tadi. Braziliya klubi sport direktori Xose Boto bo'lajak o'yinga bag'ishlangan intervyusida hujumchi Vinisius Juniorning klubga qaytish imkoniyati bor-yo'qligi haqida gapirdi.
"Flamengo"ga kelgan odamlarda unga bo'lgan muhabbat va ehtiros abadiy davom etadi. Shunday vaqt keladiki, ular qaytishni istaydilar. Bu aniq," - deya Botoning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Vinisius professional faoliyatini "Flamengo"da boshlagan. U Braziliya klubi safida 69 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.