Firdavs Norsafarov universitetlar o'rtasidagi JCh yarim final uchrashuvini boshqarib bordi

Ayni kunlarda Xitoyning Dalyan shahrida universitetlar o'rtasidagi Jahon chempionati bo'lib o'tmoqda. Turnirda o'zbekistonlik FIFA referisi Firdavs Norsafarov ham ishtirok etmoqda.
Norsafarov "Ekonomiks" (Ukraina) va "Paulista" (Braziliya) jamoalari o'rtasidagi yarim final o'yinini boshqarib bordi.
Manba: uzfhm.uz