Firdavs Norsafarov universitetlar o'rtasidagi Jahon chempionati uchrashuvini boshqarib bordi

Ayni kunlarda Xitoyning Dalyan shahrida universitetlar o'rtasidagi Jahon chempionati bo'lib o'tmoqda. Turnirda o'zbekistonlik FIFA referisi Firdavs Norsafarov ham ishtirok etmoqda.
Norsafarov musobaqaning 1-turidan o'rin olgan Paulista universiteti (Braziliya) hamda Ramon Lyull universiteti (Ispaniya) (1:0) o'rtasidagi uchrashuvni boshqarib bordi.