Jovanni Fabian "Fiorentina" futbolchisiga aylandi.

Florentsiya klubi "Bolonya" yarim himoyachisini ma'lum bir shartlar asosida sotib olish huquqi bilan ijaraga olganini e'lon qildi.

Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, futbolchining to'laqonli transferi "Fiorentina"ga 15 million evroga tushadi. Yozda xavbekka "Milan" qiziqish bildirgandi.

Fabbian joriy mavsum A Seriyada 14 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.