Argentinalik hujumchi Lukas Beltran ijara asosida Italiyaning "Fiorentina" klubidan Ispaniyaning "Valensiya" klubiga o'tdi.

Kelishuv 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan, deya xabar bermoqda "ko'rshapalaklar" klubi matbuot xizmati.

Beltran 2024/2025 yilgi mavsumda klublar o'rtasidagi barcha turnirlarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi. Uning bozor qiymati 18 mln evroni tashkil etadi.